» » Namanganda YHXB xodimiga navbatsiz xizmat ko‘rsatish evaziga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Namanganda YHXB xodimiga navbatsiz xizmat ko‘rsatish evaziga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Popda joylashgan IIB YHXB huzuridagi 1-tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi boshlig‘i Shavkat Ergashev o‘zini “Ulug‘bek” deb tanishtirgan shaxs tanishining Damas mashinasiga chiroyli davlat raqam belgisi taqdim etish va agregat muhrini navbatsiz bosib berish evaziga pora taklif etayotganligini bildirib, rahbariyatdan mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Ulug‘bek” bo‘linma binosida huquq-tartibot xodimiga 150 ming so‘m pora berayotganda viloyat IIB o‘z xavfsizligi bo‘limi, Pop tuman prokuraturasi va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki surishtiruvda ushbu shaxs Namangan tumanida yashovchi S.Ulug‘bek ekanligini aniqlandi. Unga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etish joizki, bu yakunlangan avgust oyining o‘zida viloyatda IIB xodimlariga pora berishga urinish bilan bog‘liq uchinchi holat bo‘ldi. Oldinroq YPX inspektori va profilaktika inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют