» » Yunusobodda yo‘qolgan qiz Mega Planet’dan topildi

Yunusobodda yo‘qolgan qiz Mega Planet’dan topildi


Ijtimoiy tarmoqlarda 29-avgust kuni 9 yoshli Robiya Eltoyeva yo‘qolib qolganligi haqidagi xabarlar tarqalgandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yunusobod tumanida yashovchi qiz uyidan taxminan soat 12:00 da axlat to‘kkani chiqib ketib, qaytib kelmagan. Oradan bir soat o‘tgach farzandining yo‘qligidan xavotirga tushgan ota-ona 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan zudlik bilan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirildi. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach Robiyaning qayerda ekanligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Robiya uyga qaytayotganida do‘stlarini uchratib qoladi va ular bilan aylangani Mega Planet savdo-ko‘ngilochar markaziga boradi. Bu haqda ota-onasini ogohlantirib qo‘yish esa xayoliga kelmaydi…



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют