» » O‘zbekistonda tilanchilarga nisbatan jinoiy va ma’muriy jazolar qo‘llanilishi mumkin

O‘zbekistonda tilanchilarga nisbatan jinoiy va ma’muriy jazolar qo‘llanilishi mumkin


O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 127-moddasiga quyidagi qo‘shimcha kiritish taklif qilinmoqda:

Aeroport, vokzal, park, dam olish maskanlari, bozorlar va savdo majmuasi hududlari, shuningdek, ularga tegishli hududlar — avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari, bekatlar, avtotransport vositalari o‘tadigan yo‘l qismlari, madaniy va ma’naviy meros obyektlari joylashgan hududlar, barcha turdagi jamoat transportlari va boshqa jamoat joylarida faol tarzda pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa qimmatbaho buyumlar so‘raydiganlar:

300 soatdan 600 soatgacha jamoat ishlariga jalb qilish yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xuddi shunday harakatlar voyaga yetmagan shaxs ishtirokida yoki undan foydalangan holda, shuningdek, ruhiy xasta, nogironligi bor shaxslar, o‘zini nogiron qilib ko‘rsatgan odamlar, yoki majburan narkotik va psixotrop moddalar, alkogol mahsulotlari iste’mol qilgan, lekin aqliy faoliyatiga putur yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilsa:

300—600 soatdan 400—800 soatgacha jamoat ishlariga jalb qilish yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar ushbu harakartlar:

a) bir guruh shaxslar yoki xavfli retsidivistlar tomonidan takroran sodir etilsa;

b) bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilsa;

v) majburan narkotik yoki psixotrop moddalar ta’sirida sodir etilsa;

g) zo‘rlash yoki zo‘rlash bilan tahdid qilish orqali amalga oshirilsa,

5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik haqidagi kodeksning 188-moddasiga quyidagi qo‘shimcha kiritiladi:

Aeroport, vokzal, park, dam olish maskanlari, bozorlar va savdo majmuasi hududlari, shuningdek, ularga tegishli hududlar — avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari, bekatlar, avtotransport vositalari o‘tadigan yo‘l qismlari, madaniy va ma’naviy meros obyektlari joylashgan hududlar, barcha turdagi jamoat transportlari va boshqa jamoat joylarida faol tarzda pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa qimmatbaho buyumlar so‘raydiganlar:

Eslatib o‘tish kerak, ushbu hujjat hozircha faqat loyiha bo‘lib, u tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют