» » O‘zbekistonda 22-fevraldan havo haroratining ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 22-fevraldan havo haroratining ko‘tarilishi kutilmoqda


O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmidan havo haroratining ko‘tarilishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. “O‘zgidromet” markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 22-fevral, chorshanbadan 23-fevral, payshanbaga o‘tar kechasi qator hududlarda kechki harorat nol darajaga yetadi yoki undan ko‘tariladi.

Dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab nisbatan issiq havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi eng yuqori harorat Farg‘ona vodiysi hududlarida (+5…+10 darajagacha) va mamlakatning janubiy viloyatlarida (+10…+15 darajagacha) kuzatiladi.

22—25-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-fevralda ?8…?3 daraja sovuq, 23—25-fevralda ?3…+2 daraja, kunduzi +7…+12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22—24-fevral kunlari yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. 25-fevralda ayrim tumanlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi ehtimoli bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat 22-fevral kechasi ?10…?5 daraja sovuq, kunduzi 0…+5 daraja, 23—25-fevral kunlari kechasi 0…+5 daraja, kunduzi 23—24-fevralda +10…+15 daraja, 25-fevralda +7…+12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22—24-fevral kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. 25-fevral kuni ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Joylarga tuman tushish ehtimoli bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat 22-fevral kuni kechasi ?12…?7 daraja sovuq, kunduzi ?5…0 daraja sovuq, ayrim joylarda +2…+4 daraja iliq; 23—24-fevral kunlari kechasi ?7…?2 daraja sovuq, kunduzi +7…+12 daraja, ayrim joylarda +13…+15 daraja iliq; 25-fevral kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +7…+12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22—24-fevral kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. 25-fevral kuni ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Joylarga tuman tushish ehtimoli bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat 22-fevral kuni kechasi ?10…?5 daraja sovuq, kunduzi 0…+5 daraja iliq, 23—25-fevral kunlari kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +10…+15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Ayrim joylarga tuman tushish ehtimoli bor. Sharqiy shamol soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat 22-fevral kuni kechasi ?10…?5 daraja sovuq, kunduzi 0…+5 daraja iliq, 23—24-fevral kunlari kechasi ?7…?2 daraja sovuq, kunduzi +3…+8 daraja iliq; 25-fevral kechasi ?2…+3 daraja, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 22—24-fevral kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. 25-fevral kuni ayrim hududlarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushish ehtimoli bor. Sharqiy shamol soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat 22-fevral kuni kechasi ?17…?12 daraja sovuq, kunduzi ?8…?3 daraja sovuq, 23—25-fevral kunlari kechasi ?5…0 daraja sovuq, kunduzi +2…+7 daraja iliq bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 8) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют