» » Jizzaxda 3 gektar yer ajratib berish uchun salkam 7 mln so‘m olgan fermer ushlandi

Jizzaxda 3 gektar yer ajratib berish uchun salkam 7 mln so‘m olgan fermer ushlandi


Jizzax viloyatining Arnasoy tumani, “Oltin vodiy” MFYda yashovchi H.J. ismli ayol IIBga firibgarlik holati yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu yil fevral va mart oylarida ayolning qo‘shnisi, fermer xo‘jaligi raisi Sh.X. va fuqaro N.I. H.J.ning turmush o‘rtog‘iga fermer xo‘jaligidan 3 gektar yer maydoni ajratib berishlarini aytadi.

Undan aldov yo‘li bilan 6 million 900 ming so‘m olishadi, biroq bergan va’dalarini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.X. va N.I. ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют