» » O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida AQShning WCC International savdo kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida AQShning WCC International savdo kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston va AQSh ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro savdo iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish maqsadida 2018-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi binosida AQShning eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi WCC International savdo kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasining Telegram-kanalida xabar berildi.

Ushbu kompaniya dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridagi savdo tashkilotlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, 2008-yildan buyon xorijiy ishlab chiqaruvchilarga AQShning yirik savdo tarmoqlariga ega kompaniyalar bilan eksport shartnomalar tuzishga ko‘maklashib kelmoqda.

Mazkur seminarda AQSh bozoriga mahsulotlarini eksport qilish istagida bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Seminarda kompaniya vakillari tomonidan mahalliy mahsulotlarni Amerika bozoriga eksport qilish uchun mahsulotni sertifikatlash, moliyalashtirish manbaalari to‘g‘risida, Amerika banklarida hisob raqam ochish, soliq va bojxona to‘lovlari shuningdek, barcha eksport qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют