» » Filippin prezidenti merlik vaqtida jinoyatchilarni yo‘qotish bo‘yicha buyruqlar bergani ma’lum qilindi

Filippin prezidenti merlik vaqtida jinoyatchilarni yo‘qotish bo‘yicha buyruqlar bergani ma’lum qilindi


Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Davao shahri meri bo‘lgan vaqtida “o‘lim otryadi” a’zolariga jinoyatchilarni yo‘q qilish bo‘yicha buyruq bergani ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda, sobiq politsiyachi Arturo Laskanasning so‘zlariga tayanib, Reuters xabar bermoqda. “Kommersant”ning qayd etishicha, Laskanas 2016-yil oktabrida “o‘lim otryadlari”ning mavjudligini rad etgani ta’kidlandi.

“Biz Davaoda amalga oshirgan barcha qotilliklarimiz uchun mer Rodrigo Duterte haq to‘lagan”, — dedi Laskanas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odatda 20 ming peso (qariyb 1000 dollar), ba’zan 50 ming peso (2500 dollar) to‘langan. Yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan jinoyatchining mavqeiga qarab, 100 ming peso (5000 dollar) ham berilgan.

Sobiq politsiyachi Duterte o‘z raqiblarini yo‘q qilish boyicha ham ko‘rsatmalar berganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, prezident Duterte uni tanqid qilgan radioboshlovchini yo‘q qilish haqida buyruq bergan.

Avvalroq Rodrigo Duterte Davao shahri meri bo‘lganida uch nafar narkodilerni o‘ldirganini aytgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют