» » Los-Anjeles — jahonning avtomobillar eng tirband shahri. Moskva — ikkinchi o‘rinda

Los-Anjeles — jahonning avtomobillar eng tirband shahri. Moskva — ikkinchi o‘rinda


Inrix kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016-yilda Los-Anjeles aholisi shahar tirbandliklarida o‘rtacha 104 soat vaqt o‘tkazib, bu boradagi global reytingda birinchi bo‘ldi. Bu haqda “Autorambler.ru” xabar bermoqda.

Tirbandlikda o‘tkazilgan vaqt bo‘yicha tuzilgan reytingning ikkinchi o‘rnidan moskvaliklar o‘rin olgan — ular 91 soat vaqtni tirbandliklardan o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Ro‘yxatda uchinchi pog‘onani 89 soat vaqtini tirbandliklarda o‘tkazgan Nyu-York aholisi egallagan.

Kuchli beshlikni San-Fransisko (AQSh) va Kolumbiyaning poytaxti Bogota to‘ldirgan bo‘lsa, San-Paulu (Braziliya), London (Buyuk Britaniya), Atlanta (AQSh), Parij (Fransiya) va Mayami (AQSh) o‘nlikdan joy oldi.

Amerika shaharlarining ro‘yxatda yuqori o‘rinlarni egallagani, mutaxassislarning fikricha, mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, aholi bandligining o‘sib borayotgani va yonilg‘i narxining pastligi bilan bog‘liq.

Ushbu holatlarning bari shaharlar yo‘llaridagi qatnovlar soni o‘sishiga olib kelgan. Inrix taxminiga ko‘ra, mazkur tendensiya 2017-yilda ham saqlanib qoladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют