» » O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ko‘chada qolgan keksa ayolga yordam ko‘rsatdi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ko‘chada qolgan keksa ayolga yordam ko‘rsatdi


O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Toshkent shahrining Sergeli tumanida ko‘chada qolib ketgan 68 yoshli ayolga yordam ko‘rsatdi. U haqdagi ma’lumot 3-sentabr kuni “Potrebitel.uz”ning Facebook’dagi guruhida paydo bo‘lgan edi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Xabar muallifi keksa ayol yerda yotganligi va tura olmasligini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, tez yordam ayolni uch marta olib ketgan va yana qaytarib olib kelgan.

Xotin-qizlar qo‘mitasining mutaxassislari shu kunning o‘zidayoq voqea joyiga chiqdi. Nuriya Miklyudova uning yashash joyini sotib, Rossiyaga ketgan farzandlari sababli doimiy turar-joysiz ko‘chada qolganligi aniqlandi.

Tibbiy tekshiruvdan so‘ng ayol Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazining kardiologiya bo‘limiga joylashtirildi. Xotin-qizlar qo‘mitasi va Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari vaziyatni nazorat ostiga oldi.

Ayol shoshilinch yordam olgandan so‘ng boshqa tibbiy muassasaga o‘tkaziladi, keyinchalik esa uning hujjatlarini tiklash va turar-joy bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют