» » NASA “Roskosmos”ning XKSdagi hodisa sabablari yuzasidan xulosalariga izoh bermayapti

NASA “Roskosmos”ning XKSdagi hodisa sabablari yuzasidan xulosalariga izoh bermayapti


NASA “Roskosmos”ning Xalqaro kosmik stansiyaga havo sizib kirishi sabablari bo‘yicha dastlabki xulosalariga izoh bermayapti, deb yozadi “RIA Novosti”.

XKSga havo sizib kirishi 30-avgustda aniqlangan. Ekipaj barcha bo‘linmalarni tekshirib chiqqan va “Soyuz MS-09” kosmik kemasida mikroyoriqni aniqlagan. Yoriq kemaning xo‘jalik bo‘linmasida joylashgan, shuning uchun kosmik kemaning Yerga qaytishiga xavf tug‘dirmaydi. Shu kunning o‘zida rossiyalik kosmonavtlar yoriqni maxsus germetika bilan yopgan.

“Roskosmos” havo sizib kirishining ehtimoliy sabablarini tahlil qilish uchun davlat komissiyasini tuzgan.

“Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozinning ma’lum qilishicha, komissiya XKSga ulangan kemaning qoplamiga ishlab chiqarishdagi yaroqsizlik sababli yoki ataylab qilingan ta’sir bo‘lgan-bo‘lmaganini o‘rganadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yerda qilingan ta’sir” hamda kosmosda ataylab qilingan ta‘sir ehtimollari mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют