» » Moody’s: O‘zbekiston iqtisodiyoti MDHning boshqa davlatlariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda

Moody’s: O‘zbekiston iqtisodiyoti MDHning boshqa davlatlariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda


Moody’s agentligi O‘zbekiston bank tizimi prognozi bo‘yicha hisobot tayyorladi, deb yozadi Sputnik.

Moody’s agentligi quyidagi omillarni hisobga olgan holda O‘zbekiston bank sektori bo‘yicha barqaror prognozni saqlab qolmoqda:

— O‘zbekiston iqtisodiyoti MDHning boshqa davlatlarining iqtisodiyotlariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda. 2018—2019-yillarda ham davlat xarajatlari, investitsiya mablag‘lari va Rossiyadan mehnat muhojirlarning pul o‘tkazmalarining tiklanishi evaziga o‘sish sur’atlari saqlanib qoladi;

— O‘zbekiston bank tizimi davlat banklarining o‘rtacha hajmi va ustunligi bilan tavsiflanadi;

— O‘zbekiston bank tizimining dollarizatsiya darajasi yuqoriligiga qaramasdan, asosan valyuta xatarlar markazlashgan, birinchi navbatda, davlat banklarida mo‘tadil bo‘lib qoladi;

— O‘zbekiston bank tizimining umuman korporativ sektorga, ayniqsa davlat korxonalari va yirik qarz oluvchilarga nisbatan yuqori darajada saqlanib qolmoqda;

— bank aktivlarining sifati yaxshi: muammoli kreditlarning ulushi umuman iqtisodiyotning o‘sishi, inflyatsiya darajasining pasayishi va kreditlashtirishning tez sur’atlarda o‘sishi natijasida saqlanib qoladi (2018-yilda 30—40%);

— sof foizli marjaning kamayishi va aktivlarning tez o‘sishi hisobiga O‘zbekiston banklarining daromadi va kapitalning yetarligi  asta-sekinlik bilan kamayib boradi;

— bank tizimida yaxshi likvidlik darajasi saqlanib qoladi;

— hukumat davlat banklarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Hisobot muallifi — Moody’s agentligining O‘zbekiston bank sektorining yetakchi tahlilchisi Petr Paklin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют