» » O‘zbekiston futzal terma jamoasi oktabr oyida Afg‘oniston bilan o‘ynaydigan bo‘ldi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi oktabr oyida Afg‘oniston bilan o‘ynaydigan bo‘ldi


Oktabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston futbol federatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga har ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini tashkil etish borasida taklif bilan chiqqan. O‘FA mazkur taklifga ijobiy javob bergan va shu tariqa 12—13-oktabr sanalarida Toshkentda O‘zbekiston hamda Afg‘oniston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20—23-oktabr kunlari Tailandda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Afg‘onistonga qarshi bo‘ladigan uchrashuvlar mazkur musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют