» » Samarqandda avtomobil yo‘lini belgilanmagan joydan kesib o‘tgan piyodaga qariyb 50 ming so‘m jarima solindi

Samarqandda avtomobil yo‘lini belgilanmagan joydan kesib o‘tgan piyodaga qariyb 50 ming so‘m jarima solindi


Samarqand shahrida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi yo‘lni ruxsat etilmagan joydan kesib o‘tgan piyodani jarimaga tortdi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistan”.

Facebook’dagi “Ya samarkandets” guruhida qoldirilgan xabarga ko‘ra, jarimaga tortilgan piyoda Samarqand shahrining “Dinamo” stadioni yaqinida yo‘lni ruxsat etilmagan qismidan kesib o‘tgan. Uni YHXB xodimi to‘xtatgan, piyoda bilan suhbat o‘tkazgan va unga 49 925 so‘m jarima solgan.

Facebook’dagi sahifada jarima yozilgan to‘lov hujjatining surati ham e’lon qilingan:

Samarqand shahrida yashovchi fuqaroning ma’lum qilishicha, YHXB xodimlari jarimani pasport yoki qoidabuzar piyodaning mobil telefon raqami orqali (SMS yuborish bilan qoidabuzarning shaxsi aniqlanadi) rasmiylashtirmoqda.

“Agar fuqaroning yonida pasport ham, mobil telefoni ham bo‘lmasa, uning shaxsini aniqlash uchun tuman ichki ishlar bo‘limiga birgalikda borishiga to‘g‘ri keladi”, — deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasiga muvofiq, piyodalarning yo’lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o’tishi eng kam oylik ish haqining uch bir qismi (20-fevral holatiga ko‘ra — 49 925 so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, Yo‘l harakati qoidalarining 19-moddasi bo‘yicha, yo‘lning qatnov qismida, shuningdek piyodalar o‘tish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga telefondan foydalanish, tele-, videomahsulotlarni ko‘rish, radio-audiomahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot o‘qish, hamda e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют