» » “Qarshi” va “Urganch” xalqaro aeroportlarida “yashil” yo‘lak orqali dron olib o‘tmoqchi bo‘lishdi

“Qarshi” va “Urganch” xalqaro aeroportlarida “yashil” yo‘lak orqali dron olib o‘tmoqchi bo‘lishdi


Amaldagi tartiblarga ko‘ra O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanish taqiqlangan. Mazkur qurilmalarni faqatgina Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda ayrim tashkilotlar tomonidan olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berilgan. Bu haqda O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Bu borada olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, targ‘ibot va tushuntirish ishlariga qaramay hamon uchuvchisiz uchish apparatlarini mamlakat hududiga yashirin tarzda olib kirish holatlari uchramoqda.

Yaqinda “Qarshi” xalqaro aeroportida “Moskva—Qarshi” yo‘nalishi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro B. J. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganda, uning harakatlari shubha ostiga olinib, bagaj va qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda bir dona Xitoyda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparatini yashirin ravishda olib o‘tayotganligi fosh bo‘ldi.

Xuddi shunday holat “Urganch” xalqaro aeroportida ham sodir etildi. Sankt-Peterburgdan uchib kelgan fuqaro Sh.N. bojxona nazoratidan “yashil” yo‘lak orqali o‘tayotib, 3 dona uchuvchisiz uchish apparatlarini yashirincha olib kirayotganda to‘xtatib qolindi.

Bu “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan joriy yilda aniqlangan uchuvchisiz uchish apparatlarini olib o‘tish bilan bog‘liq beshinchi huquqbuzarlik holati hisoblanadi.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют