» » Tojikiston aviakompaniyasi “Dushanbe—Toshkent” reysi amalga oshmagani yuzasidan noaniq axborot tarqalgani uchun “O‘zbekiston havo yo‘llari”dan uzr so‘radi

Tojikiston aviakompaniyasi “Dushanbe—Toshkent” reysi amalga oshmagani yuzasidan noaniq axborot tarqalgani uchun “O‘zbekiston havo yo‘llari”dan uzr so‘radi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati 20-fevralga belgilangan “Dushanbe—Toshkent” reysining amalga oshirilmagani yuzasidan “Kun” nashriga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, reys Tojikiston tomoni “tegishli rasmiyatchilik ishlarini bajarmagani, zarur hujjatlarni jo‘natmagani” uchun amalga oshmay qolgan. Ayni vaqtda, O‘zbekiston aviakompaniyasi reys Toshkent tomonidan “asossiz ravishda taqiqlab qo‘ygani” haqidagi xabarlarni inkor etgan.

Mavzuga doir: “O‘zbekiston havo yo‘llari”: Somon Air tegishli hujjatlarni jo‘natmagani uchun “Dushanbe—Toshkent” reysi amalga oshmadi

“Somon Air rahbariyati bunday so‘zlar tarqalgani uchun ‘O‘zbekiston havo yo‘llari’dan uzr so‘ragan”, — deya xabar bermoqda “Kun” nashri “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib.

20-fevral kuni “Dushanbe—Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab birinchi muntazam aviaqatnov amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi, biroq Somon Air bu reysni bekor qildi.

Mavzuga doir: “Dushanbe—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam aviaqatnov amalga oshmadi

Avvalroq, 10-fevral kuni Somon Air Toshkentga texnik reysni amalga oshirgan, bu ikki mamlakat o‘rtasida so‘nggi 25 yilda amalga oshirilgan ilk aviaqatnov sifatida e’tirof etilgan edi.

Mavzuga doir: Tojikiston aviakompaniyasi O‘zbekistonga 1992-yildan buyon ilk texnik reysni amalga oshirdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 00:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют