» » Futbolchi sotishni “Monako”dan o‘rganing: 8 yilda 950 million yevro

Futbolchi sotishni “Monako”dan o‘rganing: 8 yilda 950 million yevro


Shveysariyaning CIES Football Observatory kompaniyasi Yevropa jamoalarining 2010—2018-yillarida transfer bozoridagi harakatlari haqida ma’lumotlarni e’lon qildi, deb xabar beradi “Sports.ru”.

Qayd etilishicha, mazkur 8 yil davomida futbolchilar sotuvidan eng ko‘p foyda Fransiyaning “Monako” klubiga tegishli bo‘lib, ular bu davrda 950 million yevro ishlab topgan. Shuningdek, kuchli uchlikda 683 million yevroga futbolchi sotgan “Liverpul”, 680 million yevroni “cho‘ntakka urgan” “Roma”ni ham ko‘rish mumkin.

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi esa 8 yil ichida futbolchilar sotuvida 628 million yevro ishlab olgan, jamoaning azaliy raqibi “Real” ulardan 3 million kam, ya’ni 625 million yevroga ega bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют