» » O‘zbekiston va Misr o‘rtasida 12 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida 12 ta hujjat imzolandi


Ko‘ksaroyda o‘tgan muzokaralar bo‘yicha Shavkat Mirziyoyev va Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ikki mamlakat hukumat va vazirliklari o‘rtasida turizm, investitsiya, soliq, adliya, qishloq xo‘jaligi, madaniy meros va sport sohalari, tashqi ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha 12 ta hujjat imzolandi.

Prezidentlar bo‘lib o‘tgan muzokaralar va erishilgan kelishuvlardan mamnunligi, O‘zbekiston bilan Misr munosabatlarida yangi bosqich boshlanganini ta’kidladi.

“Abdulfattoh as-Sisi janoblarining O‘zbekistonga birinchi rasmiy tashrifi ikki mamlakat munosabatlarida tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ochiq, do‘stona va amaliy ruhda o‘tgan muzokaralarimiz barcha masalalar yuzasidan yondashuv va qarashlarimiz o‘xshashligini ko‘rsatdi. Ishonchim komilki, bugungi kelishuvlar O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi munosabatlarni sifat va mohiyat jihatidan boyitib, o‘zaro manfaatli hamkorligimizni yangi, yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Misr prezidenti O‘zbekiston bilan hamkorlikning barcha sohalari bo‘yicha kelishib olganini, bu kelishuvlar kelgusi tashriflarga debocha va ulkan natijalarga poydevor bo‘lishini ta’kidladi.

Abdulfattoh as-Sisining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bugun yakunlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют