» » O‘zbekiston Bosh vaziri 7 yil davomida paxta terib, pul ishlagani haqida so‘zlab berdi

O‘zbekiston Bosh vaziri 7 yil davomida paxta terib, pul ishlagani haqida so‘zlab berdi


5-sentabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida paxta yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda turli vazirlik va idoralar rahbarlari, Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

O‘zbekiston Bosh vaziri joriy yilda paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligini alohida ta’kidlar ekan, shu o‘rinda istalgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘shimcha daromad topish maqsadida ixtiyoriy ravishda dam olish kunlari istagan paxta yetishtiriladigan hududiga borib, paxta terishi mumkinligini ham aytib o‘tdi. Bosh vazir bu borada ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga topshiriqlar berib, bir viloyatdan ikkinchi viloyatga borib paxta termoqchi bo‘lgan fuqarolarga sharoit yaratib berish zarurligini qayd etdi.

Shu o‘rinda Bosh vazirning o‘zi ham o‘z vaqtida paxta terimiga chiqqani va pul ishlagani haqida so‘zlab berdi:

“Men Toshkentda tug‘ilganman, biroq shunday bo‘lsa-da yetti yil paxta terganman, 3—4 so‘m pul ishlaganman. Ishlab topgan pulimga hech bo‘lmasa kiyim sotib olganman”, — deydi Abdulla Aripov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют