» » Toshkentda Vebster universitetining magistraturasi ochildi

Toshkentda Vebster universitetining magistraturasi ochildi


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Vebster universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan TESL — “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” akademik dasturi bo‘yicha yo‘lga qo‘yilayotgan bir yillik magistratura dasturining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati, Vebster universiteti xalqaro loyihalar bo‘yicha vitse-prezidenti Piter Maxer boshchiligidagi delegatsiya vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bir yillik magistraturada o‘qitish to‘liq Vebster universiteti o‘quv dasturlari asosida amalga oshirilib, mashg‘ulotlar mazkur universitetning malakali mutaxassislari bilan bir qatorda O‘zDJTUning maxsus tanlovdan o‘tgan professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Dastur doirasida o‘qishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga Vebster universitetining magistrlik diplomi beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют