» » Yevropa Ittifoqida Google foydalanuvchilarining ma’lumotlari uzatilishi haqidagi xabarlar kuzatib boriladi

Yevropa Ittifoqida Google foydalanuvchilarining ma’lumotlari uzatilishi haqidagi xabarlar kuzatib boriladi


Yevropa Ittifoqining shaxsiy ma’lumotlar haqidagi qonunchilikka amal qilishni nazorat qiluvchi organlari OAVlarda tarqalgan Google foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini ehtimoliy uzatilishi haqidagi axborotlardan xabardor. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Bloomberg agentligi avvalroq Google va MasterCard to‘rt yillik muzokaralardan keyin foydalanuvchilarning to‘lov tizimlari operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish yuzasidan maxfiy kelishuv imzolagani haqida xabar bergan. Ma’lum qilinishicha, reklama beruvchilar ana shu kelishuv tufayli MasterCard mijozlarining qidiruv tizimida reklama qilingan mahsulotlarni sotib olganini tahlil qilish imkoniyatini qo‘lga kiritgan.

Yevropaning ma’lumotlarni himoya qiluvchi organlari bu va boshqa vaziyatlarni kuzatib bormoqda. Bu esa ma’lum kompaniya va tashkilotlar Yevropa Ittifoqining ma’lumotlar himoyasi bo‘yicha umumiy reglamentiga amal qilmayotganini ko‘rsatmoqda.

Reglament 2018-yilning may oyida kuchga kirgan. Uning talablari buzilgan taqdirda kompaniyalar vaziyatning o‘g‘irlik darajasiga qarab, 20 million yevro yoki yillik aylanmasining to‘rt foizi miqdorida jarima to‘laydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют