» » Abdusalom Azizov Qurolli Kuchlar akademiyasida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan video-onlayn ochiq darsda ishtirok etdi

Abdusalom Azizov Qurolli Kuchlar akademiyasida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan video-onlayn ochiq darsda ishtirok etdi


Qurolli Kuchlar akademiyasida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan anjuman – video-onlayn ochiq dars tarzida vazirlikning barcha oliy harbiy ta’lim muassasalarini bog‘lab berdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, harbiy bilim yurtlari boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va kursantlar ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirda mudofaa vaziri Qurolli Kuchlar akademiyasi va oliy harbiy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilarga murojaatini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng, general-mayor A.Azizov O‘zbekistonda va xorijda ro‘y berayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, milliy armiyaning jahon miqyosida tutgan o‘rni, yutuq va kamchiliklar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, harbiy kadrlar tayyorlash masalasida yangicha usullardan keng foydalangan holda o‘quv rejalarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy darajasini oshirish, kutubxonalarni zamonaviy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash, kursantlarning ilg‘or bilimlarni egallashlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, dala-o‘quv mashg‘ulotlarida ularning amaliy ko‘nikmalarini boyitib borish, harbiy ixtiro va innovatsion g‘oyalarga keng yo‘l ochib berish, shaxsiy tarkibning individual bilim va salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan zarur fikr va takliflar bildirildi.

“Mudofaa vazirining bugungi murojaati harbiy ta’lim tizimida endilikda bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab berdi. Har tomonlama professional ofitser kadrlar tayyorlash yo‘lida ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quv uslublari va vositalarini takomillashtirish, zamonaviy harbiy ilm-fan va yondosh tegishli adabiyotlarning dolzarb masalalari va muammolaridan xabardor bo‘lish barobarida, ularni qiyosiy tahlil etish hamda shaxsiy fikrni sayqallashga qaratilgan o‘qitish tizimi orqali navqiron ofitser kadrlarni tayyorlashimiz lozim”, – deydi podpolkovnik Davron Usmonov.

Anjuman oliy harbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan savol-javoblar va fikr-mulohazalarga boy bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют