» » Andijon davlat universitetida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi seminar o‘tkazdi

Andijon davlat universitetida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi seminar o‘tkazdi


Andijon davlat universitetida “Oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash” mavzusidagi malaka oshirish dasturi doirasida o‘quv mashg‘ulotlar oldidan seminar bo‘lib o‘tdi. Bi haqda O‘zA xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdi.

Dastur doirasidagi o‘quv mashg‘ulotlarida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi muammolarni bartaraf etish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, reproduktiv salomatlikni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, er-xotin, ota-ona va farzandlar, qaynona-kelin o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, namunali oila barpo etish, nizoli holatlarni bartaraf qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rganish, ajrimlarning oldini olish, oila-nikoh munosabatlari sohasida amaldagi qonunchilik va xalqaro tajribani o‘rganish ko‘zda tutilgan.

O‘quv kursining dastlabki kunida “Oiladagi nizolar: omil, sabab, ifodalanish formalari, turlari, asoratlari va oldini olish yo‘llari”, “O‘smirlik davrida psixologik va ijtimoiy o‘zgarishlar. O‘smirlarning reproduktiv salomatligi” kabi qator mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют