» » Karmana tumanida yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi

Karmana tumanida yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi


Yangi o‘quv yili Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Kumushkon” mahallasi yoshlariga bir olam quvonch olib keldi. Endi ular barcha sharoitlarga ega, zarur inventarlar bilan to‘liq ta’minlangan yangi 32-umumta’lim maktabida tahsil oladi, deb yozmoqda O‘zA.

Ta’lim muassasasining ochilish marosimida tuman hokimi F. Umarov hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i N. Ulug‘berdiyev bugungi kunda yosh avlodning barkamol ulg‘ayishi, bilim olishi va sog‘lom voyaga etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, viloyat yoshlari erishayotgan yutuqlar va ta’lim sohasidagi islohotlar xususida to‘xtaldi.

Maktab binosi “Almaz” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan qisqa fursatda bunyod etildi. 3,4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan muassasada o‘quv jarayoni ikki smenada tashkil etildi. Ayni paytda bu yerda 430 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.

Aytish joizki, Navoiy viloyatidagi 355 ta umumta’lim maktabi to‘liq ta’mirlanib, yangi o‘quv yiliga tayyor holatda faoliyat boshladi. Zamonaviy qiyofa kasb etgan, keng va shinam sinf xonalari ta’lim sifati, ish unumining oshirilishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, Uchquduq tumanidagi 5-umumta’lim maktabi binosi ham yangidan barpo etildi. 216 o‘ringa mo‘ljallangan muassasaning qurilishiga 4,9 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют