» » International Hotel Tashkent mehmonxonasida birinchi xalqaro to‘qimachilik anjumani bo‘lib o‘tdi

International Hotel Tashkent mehmonxonasida birinchi xalqaro to‘qimachilik anjumani bo‘lib o‘tdi


Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan birinchi xalqaro to‘qimachilik anjumani mamlakatda to‘qimachilik industriyasini rivojlantirish strategiyasi va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi, deb yozadi O‘zA.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot, Tashqi savdo vazirliklari, to‘qimachilik korxonalari vakillari va xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Haydarov, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shen va boshqalar O‘zbekiston bilan boshqa davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida barcha yo‘nalishlar, xususan, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasining ravnaqida o‘zaro manfaatli hamkorliklar muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, shu yil 13 ta to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladi va ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermer xo‘jaliklari bilan paxta xomashyosini yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalarini imzolaydi. Albatta, bunday imkoniyatlar tarmoq faoliyatini takomillashtirish, xomashyoni qayta ishlash, yuqori qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha yagona kompleks jarayonni yaratishda muhim omil hisoblanadi.

Tadbir doirasida to‘qimachilik sohasini yanada rivojlantirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish, xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy qilish, shuningdek, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish uchun Bangladesh tajribasini o‘rganish kabi masalalar yuzasidan ham fikrlar almashildi.

Anjuman poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida o‘z ishini boshlagan UzTextile Expo 2018 birinchi tekstil va moda sanoati va “To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2018” o‘n ikkinchi Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmalarining muvaffaqiyatli o‘tkazilishida muhim ahamiyatga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют