» » O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari 2019-yildan boshlab pensiyasini to‘liq oladi

O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari 2019-yildan boshlab pensiyasini to‘liq oladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjatning to‘liq matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Qarorga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari umumiy o‘rta ta’limni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobga olingan holda Xalq ta’limi vaziri tomonidan tasdiqlanadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi rahbarlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, shuningdek, vazirlikka idoraviy mansub boshqa tashkilotlar va muassasalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilmasdan Xalq ta’limi vaziri tomonidan amalga oshiriladi;

Muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan maktablar negizida tarmoqli maktablarni tashkil etish, ushbu tarmoqqa yuklamasi past koeffitsiyentli maktablarni kiritish haqidagi qaror Xalq ta’limi vaziri tomonidan qabul qilinadi;

2019-yil 1-yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingi tuziladi;

Reyting yakunlari ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay joylashtiriladi;

2019-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim muassasalari xodimlari bo‘lgan pensionerlarga, ularning ushbu muassasalardagi faoliyati asosiy ish joyi hisoblangan taqdirda, pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi;

2019-yil 1-martdan boshlab davlat umumta’lim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют