» » Rossiya telekanallari fevral o‘rtasidan Trampni kamroq tilga olishni boshladi

Rossiya telekanallari fevral o‘rtasidan Trampni kamroq tilga olishni boshladi


Rossiya federal telekanallari fevral o‘rtasidan efirda AQSh prezidenti Donald Trampni kamroq tilga ola boshladi, deb yozadi Meduza.

Fevral boshida Birinchi kanal, “Rossiya-1” va “NTV” Trampni turli kunlarda 23 dan 61 martagacha, oyning ikkinchi haftasida kuniga 36 martagacha tilga olgan bo‘lsa, 14-fevraldan so‘ng eslatib o‘tishlar soni har kuni 6—12 martagacha kamayib ketdi, deyiladi “Medialogiya” kompaniyasi ma’lumotlarida.

“RBK” nashri oyning uch yakshanbasida Birinchi kanal, “Rossiya-1”, “Rossiya 24”, “TV Sentr”, Beshinchi kanal, “NTV”, “RBK-TV”, Life va “Zvezda” kanallari efirida Trampning tilga olinishini tahlil qildi. Agar 5-fevral kuni Trampni jami 141 dan 153 martagacha tilga olishgan bo‘lsa, 12-fevralda — 116 marta, 19-fevralda esa atigi 38 marta eslatib o‘tishgan.

Nashr eslatishicha, 16-fevral kuni Bloomberg agentligi Rossiya prezidenti ma’muriyati davlat OAVlaridan AQSh prezidenti Donald Tramp haqida “xushomadli” materiallarni kamroq chiqarishni talab qilganini xabar bergan edi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu farmon Trampning Rossiyaga nisbatan siyosati kutilganidek darajada do‘stona bo‘lmasligi yuzasidan xavotirlar bilan bog‘liq. Ammo Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu xabarlarni “butunlay uydirma” deb atadi.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют