» » Haydovchisiz poyga avtomobili birinchi poygasidayoq halokatga uchradi

Haydovchisiz poyga avtomobili birinchi poygasidayoq halokatga uchradi


Devbot haydovchisiz avtomobili o‘zining birinchi poygasidayoq avariyaga uchradi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Poyga Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tdi, unda ikkita haydovchisiz avtomobil qatnashdi, ulardan biri trayektoriyani noto‘g‘ri belgiladi va to‘siqqa borib urildi.

Ikkinchi avtomobil esa 186 km/soat maksimal tezlikka erishgach, butun trassani bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

Roborace haydovchisiz avtomobillari poygasi loyihasining marketing bo‘limi rahbari so‘zlariga ko‘ra, avariyaning ijobiy jihati ham bor, chunki endi ishlab chiquvchilar dastur ishini tahlil qila oladi.

Halokatga uchragan avtomobilni ta’mirlash mumkin, haydovchilar yo‘qligi tufayli esa, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют