» » Ekspert: O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi maqomini oshiradi

Ekspert: O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi maqomini oshiradi


Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammiti yakunlandi. O‘zbekistonning ushbu kengashga qo‘shilishi masalasi oltinchi sammitning markaziy voqealaridan biriga aylandi. Bu haqda “Janubiy Kavkaz” siyosatshunoslar klubi (Ozarbayjon) rahbari Ilgar Valizoda aytib o‘tdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lgach, ushbu tashkilotning maqomi sezilarli darajada oshadi.

“Tashkilotning siyosiy va geosiyosiy vazni ortishi aniq. Boshqa tomondan qaraganda, O‘zbekistondek ishtirokchining qo‘shilishi Kengash ishining kuchayishiga ta’sir qiladi… Madaniy-gumanitar aloqalardan tashqari, oltinchi sammitda iqtisodiyot, turizm, mintaqaviy xavfsizlik, sport va yoshlar siyosati masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Aytgancha, yaqindan boshlab O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun eshiklar ochildi. Kengash mamlakatlarining biznes-tuzilmalari ilk yirik investorlarga aylanishi mumkin. Shu sababli Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan to‘g‘ri qarorni qabul qildi”, — dedi Valizoda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют