» » Xitoyda axlatga qarshi kurash uchun o‘tsochar dron yaratildi

Xitoyda axlatga qarshi kurash uchun o‘tsochar dron yaratildi


Xitoyning Xubey provinsiyasida o‘tsochar bilan jiholangan dron sinovlari bo‘lib o‘tdi. Noodatiy uchuvchisiz qurilma havoda tortilgan elektr uzatish simlarini axlatdan tozalashga mo‘ljallangan, deb yozadi Afisha Daily.

Vaqti-vaqti bilan elektr uzatish simlariga tashlandiq narsalar osilib qoladi, energetika kompaniyalari xodimlari esa ularni qo‘lda olib tashlashga majbur bo‘ladi, buning uchun esa ular maxsus ko‘tarma kajava orqali balandga ko‘tariladi.

Tozalash jarayonini tezlashtirish uchun, energetika kompaniyalaridan biri o‘tsochar bilan jihozlangan DJI S1000+ oktokopteridan foydalandi. Xitoy elektr uzatish simlari baland haroratlarga chidamli, chiqindidan esa bunday usul bilan ham tez, ham samarali tarzda xalos  bo‘lish mumkin.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют