» » Marg‘ilonda Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi

Marg‘ilonda Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi


Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova va boshqa yozuvchi va shoirlarning nomlarini abadiylashtirish borasida olib borilayotgan ishlar, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar adabiyot, madaniyat va san’atimizga bo‘lgan yuksak e’tibor namunasi ekanligini ta’kidlashdi.

Atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan. Yurtimizda inson qalbidagi nozik tuyg‘ularni, xalqimizga xos oriyat va g‘ururni, ozodlik hamda istiqlolni o‘zining go‘zal she’r va dostonlarida yuksak mahorat bilan ifodalagan O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning kitoblari kirib bormagan xonadon bo‘lmasa kerak. Zero, shoir o‘zlikni anglash, milliy g‘urur-iftixor tuyg‘ularini yuksak pardalarda tarannum etadi, har birimizni baxt va shodlik, tinchlik-xotirjamlikni qadrlashga, chin insoniy fazilatlar sohibi bo‘lishga undaydi.

E.Vohidov “Tong nafasi”, “Qo‘shig‘im sizga”, “Aql va yurak”, “Mening yulduzim”, “Yoshlik devoni”, “Tirik sayyoralar”, “Sharqiy qirg‘oq”, “Kelajakka maktub” kabi she’riy to‘plamlari, “Nido”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”, “Ko‘hinur” kabi dostonlari, “Oltin devor”, “Istanbul fojiasi” singari sahna asarlari, “So‘z latofati” badiiy risolasi, jahon adabiyotining mumtoz namoyandalari merosidan qilgan tarjimalari bilan o‘ziga xos ijodiy maktab yaratgan shoirlardan biridir.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan adib ijodiy merosini o‘rganish va uni yoshlarga yetkazish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Prezident tashabbusi bilan Marg‘ilon shahrida ijodkorlar bog‘i tashkil etilib, Erkin Vohidovning haykali o‘rnatildi va memorial muzeyi bunyod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi qarori bilan Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etildi. Mazkur maktabda o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida uni yotoqxona, oshxona, kutubxona, faollar zali va o‘quv-laboratoriya jihozlari hamda kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik majmualar, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.

– Mazkur maktab-internatni tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning o‘z iste’dodlarini keng namoyon qilishlari uchun sharoitlar yaratishdir, –deydi maktab – internat direktori Nigora Mannopova.

– 2018—2019-o‘quv yilida 5—8-sinflarga 150 nafar iste’dodli o‘quvchilarni qabul qildik. Albatta bu maskan Erkin Vohidov kabi buyuk ijodkorlarni kamol topishiga xizmat qiladi.

Maktab-internat o‘quvchilari tomonidan taniqli shoirlarning rus, ingliz va boshqa tillarga tarjima qilingan she’rlari aytilgan. Bu yerdagi ilk saboq “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilib, istiqlolimizning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Maktab-internatning ochilishida Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют