» » Toshkent shahar hokimligidagi “Ochiq eshiklar kuni”da 5,6 trln so‘mlik 47 ta loyiha taqdim etildi

Toshkent shahar hokimligidagi “Ochiq eshiklar kuni”da 5,6 trln so‘mlik 47 ta loyiha taqdim etildi


Poytaxt hududida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda davlat va xususiy sherikchilikni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahar hokimligida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” o‘z ishini boshladi. Bu haqda “Daryo”ga hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirning birinchi kunida Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlaridan kelgan mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi.

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev loyihalar bilan tanishar ekan, ular avvalo xalqqa xizmati qilishi, aholi roziligi bilan amalga oshirish lozimligini ta’kidladi.

Mazkur loyihalar ijtimoiy soha obyektlari, xususan, zamonaviymehmonxonalar, savdo va ko‘ngilochar maskanlar, ko‘p qavatli avtoturargohlar hamda yangi uy-joy komplekslarini barpo etishni ko‘zda tutadi.

Uchrashuvda umumiy qiymati 5,6 trillion so‘m (shundan xorijiy sarmoyalar 625 million dollar) bo‘lgan va 55 790 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan 47 ta loyiha taqdim etildi.

“Ochiq eshiklar kuni” 7–8-sentabr kunlaridavom etadi, unda poytaxtning boshqa tumanlaridagi investorlar ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют