» » Yangi tashkil etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Abdufarrux Karimov direktor etib tayinlandi

Yangi tashkil etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Abdufarrux Karimov direktor etib tayinlandi


O‘zbekistonda shu kungacha yurtimizda nevrologik kasalliklarni erta aniqlash, ularni davolash va profilaktika tadbirlarini tashkillashtirish, bu yo‘nalishda ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish mumkin bo‘lgan yagona markazlashgan tizim mavjud emas edi. “Bu esa nevrologik kasalliklar ko‘rsatkichi tobora o‘sib borishiga ham sabab bo‘layotgandi”, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shu bois aholiga nevrologik yordam ko‘rsatish xizmatlarini takomillashtirish hamda ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish turlarini kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 30-avgust kuni “Aholiga nevrologik yordam ko‘rsatish xizmatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur hujjatga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil qilindi.

Endilikda markaz nevrologik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va davolashning yagona vertikal tizimini yaratish, davlat tibbiyot tashkilotlarining nevrologiya bo‘limlarini tashkiliy-uslubiy boshqarish, eksperimental va klinik nevrologiya sohasida zamonaviy texnologiyalar yordamida kompleks ilmiy-amaliy tadqiqotlarni va nevrologik kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlashga doir izlanishlar bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, hujayra va gen terapiyasiga doir innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish, skrining tadqiqotlarini tatbiq qilish hamda insult, epilepsiya va boshqa keng tarqalgan nevrologik kasalliklar qayd etilgan bemorlarni ro‘yxatga olish, nevrologiya va neyroreabilitologiya sohasida ishlovchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, soha mutaxassislari uchun seminar-treninglar, mahorat darslarini o‘tkazish va bunda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan holda faoliyat yuritadi.

Yangi tashkil etilgan mazkur tibbiyot markaziga Abdufarrux Karimov direktor etib tayinlandi. 42 yoshli tibbiyot fanlari nomzodi Abdufarrux Karimov uzoq yillar davomida Rossiya va AQSHning qator nufuzli davolash muassasalari va klinikalarida neyroxirurg sifatida faoliyat ko‘rsatish bilan birga, malaka oshirib, ilmiy izlanishlar olib borgan. Rus va ingliz tillarini mukammal o‘zlashtirgan.

Ma’lumot uchun, Abdufarrux Karimov bunga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют