» » BMT Xavfsizlik kengashi Rossiya doimiy vakili Churkinning vafoti munosabati bilan bayonot qabul qildi

BMT Xavfsizlik kengashi Rossiya doimiy vakili Churkinning vafoti munosabati bilan bayonot qabul qildi


BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning ushbu xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili Vitaliy Churkinning vafoti munosabati bilan bayonot qabul qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Nyu-Yorkda 65 yillik tavalludiga bir kun qolganida, 20-fevral kuni to‘satdan vafot etdi. Doimiy vakil lavozimini u 2006-yildan buyon egallab kelgan.

Xavfsizlik kengashi a’zolari diplomatning oilasiga, shuningdek, Rossiya hukumati va xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi.

“Kengash a’zolari Rossiya diplomatik xizmatida 40 yildan ortiq vaqt ishlagan, mamlakatning BMTdagi missiyasiga rahbarlik qilgan va 21-fevralda 65 yoshga to‘lishi kerak bo‘lgan elchi uchun motam tutmoqda”, — deyiladi bayonotda.

21—23-fevral kunlari Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasida hamdardlik kitobi ochiladi.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют