» » Shayxontohur va Sergeli tumanlari davlat soliq inspeksiyalariga boshliq tayinlandi

Shayxontohur va Sergeli tumanlari davlat soliq inspeksiyalariga boshliq tayinlandi


Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘iga asosan Toshkent shahrining Shayxontohur va Sergeli tumanlari davlat soliq inspeksiyalariga boshliq tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Faxriddin Abdunabiyev Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Faxriddin Abdunabiyev 1972-yilda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1994-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1994-yildan Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan. Faxriddin Abdunabiyev Chilonzor, Mirobod va Sergeli tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Shu kunga qadar Toshkent shahar Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Jahongir Mirpo‘latov Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Mirpo‘latov 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003-yili Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejini, 2011 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Jahongir Mirpulatov mehnat faoliyatini 2003-yilda Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlab, mas’ul va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Shu kunga qadar Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют