» » Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyani yuta olmadi

Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyani yuta olmadi


Bugun, 6-sentabr kuni Toshkentda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi  Ektor Kuper boshchiligidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

Kuperning dastlabki o‘yinida O‘zbekiston Suriya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda hisob 64-daqiqada ochildi. Marat Bikmayev mehmonlar darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Oradan 14 daqiqada o‘tib, Suriya termasi yetakchisi Omar al-Soma bosh bilan terma jamoada 100-o‘yinini o‘tkazayotgan Ignatiy Nesterov darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa uchrashuv tomonlarning 1:1 hisobidagi durangi bilan yakunlandi.

Uchrashuvni turkmanistonlik hakamlar boshqarib bordi. Bosh hakam Chorimurod Qurbonov unga qanotlarda Polvon Polvonov va Ahmet Beknazarovlar yordam berdi.?

O‘rtoqlik bellashuvi

6-sentabr, payshanba

Gol: 1:0—64, penalti Marat Bikmayev, 1:1—78 Omar al-Soma.

O‘zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 31.Yegor Krimes, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteyev, 8.Javlon Ibrohimov (18.Sardor Sobirxo‘jayev, 46), 16.Otabek Shukurov, 27.Sardor Rashidov (14.Eldor Shomurodov, 76), 10.Marat Bikmayev (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 68), 6.Husniddin G‘ofurov (26.San’at Shixov, 68), 28.Ivan Nagayev (15.Sardor Mirzayev, 55)

Suriya: 1.Ibrohim Alma, 3.Nodim Sabog‘, 15.Abdul Malik Alanizan, 4.Jihod Al Baour, 5.Omro Al Midani, 8.Mahmud al-Mavas, 9.Omar al-Soma, 11.Osama Omari (7.Aias Osman, 83), 14.Tamir Xoj Muhammad, 10.Muhammad Usmon, 21.Fahad Yusuf

Ogohlantirishlar: Tamir Xoj Muhammad 30.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют