» » Mo‘ynoqqa nufuzli media tashkilotlar vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda

Mo‘ynoqqa nufuzli media tashkilotlar vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda


Joriy yil 14-sentabr kuni Mo‘ynoq tumanida o‘tkaziladigan “Stixiya” nomli elektron musiqa festivaliga National Geographic, Calvert, Mixmag Russia, Birinchi kanal (Rossiya) hamda Tablet kabi dunyoning nufuzli media tashkilotlari vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Centil Law Film, TrendSetter, Peopletravel tashkilotlari tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magi bilan o‘tkazilayotgan mazkur festivalga shuningdek, AQSh, Isroil, Turkiya, Germaniya, Rossiya va Xitoy davlatlaridan ko‘plab sayyohlar ishtirok etishga qiziqish bildirgan.

Festival uchun maxsus ishga tushirilgan maxsus veb-saytda ma’lum qilinishicha, tadbir Mo‘ynoqda, Orol dengizining qurigan tubida, ya’ni “Kemalar muzeyi” joylashgan joyda o‘tkaziladi. Musiqiy ovozlar dengiz tomon yo‘naltiriladi.

Festivalni o‘tkazishdan maqsad — jahon hamjamiyatining Orol dengizi muammolari to‘g‘risida xabardorligini hamda suvdan oqilona foydalanishga mas’uliyatni, Orol dengizini qayta tiklashga munosabatini oshirishdir. Shuningdek, festivalda yuqori sifatli elektron musiqani targ‘ib qilishga e’tibor qaratilgan.

Festival bir kun davom etadi. 14-sentabr kuni soat 18:00 da boshlanadigan musiqiy ovozli sayohat tuni bo‘yi davom etib, ertalabki 4:00 gacha jaranglaydi. So‘ng ishtirokchilar “Kemalar muzeyi”da piyoda sayr qilib, Mo‘ynoqda yangidan tashkil qilingan muzeyga hamda Nukus shahridagi I. Savitskiy nomidagi davlat muzeyiga tashrif buyuradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют