» » Avstraliyada samolyot savdo markaziga qulashi natijasida besh kishi halok bo‘ldi

Avstraliyada samolyot savdo markaziga qulashi natijasida besh kishi halok bo‘ldi


Melburn yaqinidagi savdo markazi tomiga yengil motorli samolyot qulashi natijasida besh kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “RBK” Viktoriya shtati politsiyasi vakili Stiven Linga tayanib. Samolyot Essendon aeroportidan uchib chiqqanidan keyin ko‘p o‘tmay qulagan.

Besh o‘rinli Beechcraft King Air dvigatel ishidagi nosozlik tufayli halokatga uchradi. To‘qnashuv natijasida samolyot portlab ketdi.

“Bortda besh kishi bo‘lgan, aftidan, ulardan hech biri omon qolmagan”, — dedi Lin.

Halokat mahalliy vaqt bilan 9:00 (Toshkent vaqti bilan 03:00) atrofida yuz berdi. Savdo markazi 10:00 da ochilishi kerak edi, shu tufayli u yerda samolyot qulashidan jabrlanishi mumkin bo‘lgan odamlar bo‘lmagan.

Hodisa tufayli, asosan yengil motorli samolyotlardan foydalanadigan Essendon aeroporti faoliyati to‘xtatib qo‘yildi.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 13) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют