» » Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi zilzila qurbonlari soni 16 kishiga yetdi

Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi zilzila qurbonlari soni 16 kishiga yetdi


Yaponiyaning Xokkaydo orolida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi, 26 kishi esa bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

6-sentabrga o‘tar kechasi Xokkaydoning Ibura tumanida 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘i 37 km chuqurlikda joylashgan.

Yer silkinishi kuchi 7 ball (yapon shkalasi bo‘yicha maksimal ko‘rsatkich)ni tashkil qilgan Atsuma qishlog‘i yaqinida zilzila chog‘ida ko‘plab yer o‘pirilishlari kuzatildi.

Shuningdek, orolning katta qismi elektr energiyasisiz qoldi. 2,95 millionta uyda chiroq o‘chdi. 7-sentabr kuni ertalabgacha 964 ta uyda elektr ta’minoti qayta tiklandi. Elektr toki ta’minotini to‘liq qayta tiklash bir haftaga yaqin vaqt olishi mumkin.

Titotse yangi aeroporti zarar ko‘rgani uchun yopildi. Bu yerda 7-sentabrga belgilangan barcha reyslar bekor qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют