» » GM Uzbekistan Spark avtomobilini ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda

GM Uzbekistan Spark avtomobilini ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda


GM Uzbekistan Spark avtomobilini ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Avvalroq GM Uzbekistan AJ ishlab chiqarilayotgan avtomobillar savdosi qayta yo‘lga qo‘yilishi bilan xaridorlar tomonidan kelib tushayotgan arizalar inobatga olinib, kompaniya tomonidan bozor talablarini qondirish maqsadida talabgir avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshirilishini ma’lum qilgandi.

Mijozlar istagi va bozorning ijobiy tendensiyalarini inobatga olib, mexanika uzatmali Spark avtomobili ishlab chiqarish hajmi 6223 dan 19 993 donagacha oshirilmoqda.

“Kompaniya xaridorlarning talablarini qondirish va barcha ariza va takliflarga ijobiy javob berish, shuningdek qulay shartnoma tuzish uchun barcha sharoitlarni yaratish uchun barcha zaruriy choralarni amalga oshiradi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют