» » Rossiyadagi YTHda besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyadagi YTHda besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Rossiyaning Lipetsk viloyatida ikkita yengil avtomobil ro‘paradan to‘qnashib ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi og‘ir shikastlandi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Rossiya IIV vakili ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi — o‘zbekistonliklar. Ular Dobrovskiy tumanida qonuniy yashagan, barcha zarur hujjatlari bo‘lgan.

YTH “Lipetsk—Chapligin” avtomobil yo‘lida 6-sentabr kuni 20:30 (Toshkent  vaqti bilan 22:30) atrofida yuz bergan.

Lipetsk tomonga ketayotgan Toyota RAV4 va qarama-qarshi tomonga harakatlanayotgan VAZ-2103 to‘qnashib ketgan. Oqibatda VAZ haydovchisi va to‘rt yo‘lovchisi halok bo‘lgan, Toyota haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan.

Aynan qaysi avtomobil yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgani aniqlashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют