» » Kurash. Sherali Jo‘rayev Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘olibiga aylanib, 50 ming dollarga ega chiqdi

Kurash. Sherali Jo‘rayev Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘olibiga aylanib, 50 ming dollarga ega chiqdi


Toshkentda kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro musobaqa o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Kecha, 6-sentabr sanasida bahslar bo‘lib o‘tdi.

Bahslar mutlaq vazn toifasida tashkil qilindi. Jahonning 40 ga yaqin mamlakatidan polvonlar ishtirok etgan musobaqa finaliga ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi yetib bordi. Bekmurod Oltiboyev va Sherali Jo‘rayev o‘rtasidagi final bellashuvida esa Sheralining qo‘li baland keldi va yakunda u musobaqa g‘olibiga aylandi.

Sherali oltin medal bilan birga musobaqa g‘olibi uchun atalgan 50 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqdi. Ikkinchi o‘rin sohibi Bekmurod Oltiboyevga 25 000 AQSH dollari nasib qildi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilar Aslan Kambiyev (Rossiya) va Temur Rahimov (Tojikiston) esa 10 000 AQSH dollari bilan ketadigan bo‘lishdi.

Shuningdek, 5-8 o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilarga 1 250 AQSH dollari miqdorida mukofot topshirildi.

Ma’lumot uchun, Sherali Jo‘rayev va Bekmurod Oltiboyev Indoneziyada bo‘lib o‘tgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha musobaqalarda qatnashib, bronza medallariga sazovor bo‘lishgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют