» » Deputatlar O‘zbekiston hududlarida chiqindilarni olib ketish xizmati uchun tariflar turlicha ekanligini qayd etdi

Deputatlar O‘zbekiston hududlarida chiqindilarni olib ketish xizmati uchun tariflar turlicha ekanligini qayd etdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 6-sentyabr kuni o‘tkazilgan “Hukumat soati”ga Prezidentning “2017—2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining joylardagi ijrosi haqidagi masala kiritildi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur masala yuzasidan deputatlar savollariga atroflicha javob berish uchun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining mutasaddi rahbarlari taklif etildi.

“Hukumat soati”da ta’kidlanganidek, davlat rahbarining mazkur qarori ijrosi doirasida qo‘mitaning hududiy organlari huzurida 13 ta “Toza hudud” davlat unitar korxonasi va ularning 172 ta tuman (shahar) filiallari tashkil etildi.

Tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufida bo‘lgan 1403 ta maxsus texnika, 1102 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi, 6 131 ta chiqindi konteyneri va 160 ta poligon “Toza hudud” korxonalari balansiga o‘tkazib berildi. Natijada respublika bo‘yicha 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2018-yil yakuniga qadar yana qo‘shimcha 608 ta ish o‘rni tashkil qilinadi.

Deputatlar ta’kidlab o‘tganidek, ana shu ijobiy ishlar barobarida o‘z yechimini kutayotgan kamchilik va muammoli masalalar ham mavjud. Ularni bartaraf etish borasida “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur hujjat bilan 2019—2021-yillarda “Toza hudud” DUKlarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan bir qator manzilli dasturlar tasdiqlandi. Ularga muvofiq, 3623 dona maishiy chiqindi konteyneri va 732 dona maxsus texnika xarid qilish, shuningdek, chiqindi yig‘ishga mo‘ljallangan 644 ta yangi namunaviy maydonchani qurish, qattiq maishiy chiqindilar uchun mo‘ljallangan 143 ta poligonni tartibga keltirish ko‘zda tutilgan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Prezident qarorining ijrosi yuzasidan bergan axborotidan so‘ng deputatlarning qator boshqa savollariga javoblar qaytardi.

Xususan, deputatlar bugungi kunda “Toza hudud” DUK tuman (shahar) filiallarida zarur texnikalar yetishmayotgani, qo‘shimcha ravishda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiquvchi, chiqindi yuklash va tekislash texnikalariga ehtiyoj mavjudligi, shartnomalar va chiqindilarni olib chiqib ketish grafiklari, maxsus avtotransport vositalarining bir tumandan ikkinchisiga chiqindilarni tashish uchun safarbar qilinishi, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlangani bilan qiziqdilar.

Joylardagi o‘rganishlar chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun tariflar har tumanda turlicha ekanini ko‘rsatayotgani qayd etildi. Deputatlar ushbu tariflarni belgilash bo‘yicha yagona yondashuvni ishlab chiqish masalasiga ham e’tibor qaratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют