» » Rasman: Diyego Maradona Meksika 2-divizioni jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Rasman: Diyego Maradona Meksika 2-divizioni jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi


Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona Meksikaning “Dorados” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Jamoa rahbariyati yaqindagina klub bosh murabbiyi Fransisko Gamesni natijalarning ijobiy ko‘rinishda emasligi sabab iste’foga chiqargandi. Ayni paytda “Dorados” Meksika ikkinchi divizionida 6 turdan so‘ng 15 klub orasida 3 ochko bilan 13-o‘ringa joylashgan.

Ta’kidlash joiz, 57 yoshli Maradona hozirda Belarusning “Dinamo Brest” klubi bilan 3 yillik shartnomaga ega va u rasman jamoada boshqaruv raisi hisoblanadi. Diyegoning “Dinamo”dan ketish-ketmasligi haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, “Dorados” klubi Meksika shimoli-g‘arbida joylashgan Sinaloa shahri sharafini himoya qiladi.?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют