» » Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolar ro‘yxati ma’lum qilindi

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolar ro‘yxati ma’lum qilindi


Rossiya Federatsiyasining Lipetsk viloyati Dubrovskiy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Tezkor raqamlari” ochildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga asosan, 2018-yilning 6-sentabr kuni soat 20:30da Lipetsk viloyati Dubrovskiy tumani Bogorodsk aholi punktida “Toyota RAV 4” rusumli davlat raqami R789MO 48RUS yengil avtomobili “VAZ 2106” rusumli davlat raqami E060KX 48RUS yengil avtomobili bilan to‘qnashuv yuz bergan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida voqea joyida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan, 1 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqazilgan.

Vafot etgan fuqarolar:

Hozirda halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Lipetsk viloyati Dubrovskiy tumani shifoxonasida saqlanmoqda.

Vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Tezkor raqami” (+998 71) 147-10-50 ga murojaat etishlari mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют