» » Tashkent City yuqori chidamli qilib ishlangan betondan qurilmoqda

Tashkent City yuqori chidamli qilib ishlangan betondan qurilmoqda


Tajribali quruvchilar betonni vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchi tirik organizmga o‘xshatishadi. Avval u yumshoq, egiluvchan,tashqaridagi ta’sirga nisbatan ta’sirchan, vaqt o‘tishi bilan uning xususiyatlari o‘zgarib, pishiq, mustahkam va chidamli bo‘ladi.

Aslini olganda betonning mustahkamligi uning naviga, unga ishlatilgan mahsulotlar sement, qum, suv, shag‘al, pishiqligiga ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy qo‘shilmalar, sovuqqa chidamliligi, tayyor mahsulotning suv o‘tkazuvchanligi bilan belgilanadi.

Ko‘pincha bino qurilishining poydevor qismida betonning M400 navi qo‘llanadi (Bu 1 kvadrat santimetr qotgan betonning necha kg bosim ko‘rsatgandagi chidamlililigi raqam ko‘rsatkichini bildiradi).

Tashkent City inshoatlarini bunyod etish uchun uning hududida ikki mini zavod – Beton tarqatish tarmog‘i (BTT) tashkil qilindi. Ularning birini ishlab chiqarish quvvati soatiga 150 kub bo‘lsa, ikkinchisining ishlab chiqarish quvvati soatiga 80 kubdir. Yaqin orada yana bir qancha BTT ishga tushiriladi. Ish sutka mobaynida muntazam davom etmoqda.

Bu yerda M200, M450 va M600 beton navlari ishlab chiqilmoqda. Ayniqsa, oxirgi navli beton maxsus moslashtirilgan bo‘lib, chidamliligi, suv o‘tkazuvchanligi, qulay joylashtirilishining yuqori xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bunday beton muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar, ko‘prik, suv to‘g‘onlari, ko‘p qavatli binolar qurilishida qo‘llaniladi. Tashkent City’da undan asosan yuqori inshoatlarni yaratishda foydalanilmoqda.

Aynan, bu yerda labaratoriya ham faoliyat olib borib, beton namunalari o‘z sifatiga chidamliligini tasdiqlanishi muhim bo‘lgan barcha sinovlardan o‘tadi.

Aytish kerakki, beton quyilguncha , ya’ni BTT dan chiqquniga qadar va quyib bo‘lingach, u tekshiriladi – tayyor qoziq, ustun, u yoki bu binoning poydevoridan namuna olinadi. Namunalar beton quyilgan kundan 8 kun o‘tgach, uning mustahkamligining 75 % aniqlash imkoni bo‘lsa; 28 kun o‘tgach, beton mustahkamligining hisob ko‘rsatkichi 95-98% ma’lum bo‘ladi. Keyingi 10—15 yilda yomg‘ir, qor va ultrabinafsha nurlarning zararli ta’siri o‘zining salbiy jihatlarini o‘tkazmasa, beton mo‘ljallangan mustahkamlikning 120-130% ga ega bo‘lishi mumkin.

Laboratoriya xulosalarisiz qurilish davom etmaydi.

Tezkor BTT (Beton tarqatish tarmog‘i) beton qorishmalarini Tashkent City’ning barcha Lotlariga taqsimlaydi. Bu yerda har kuni 2500 kub turli nav va turdagi qorishma ishlatiladi.

Ushbu qurilish materialining tayyorlash usuli O‘zbekistondagi yirik qurilish loyihasi uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Misol uchun, bir qator turli kimyoviy aralashmalardan tashqari uning tarkibiga yana bir narsa – oddiy kul ham qo‘shilayapti. Kul betonning mustahkamligi va egiluvchanligini ta’minlaydi.

Va albatta, qurilish inshoatining mustahkamligi betonning tarkibigagina bog‘liq emas, balki uning qanday sharoitda qotishiga ham bog‘liq. Tashkent City’ning qurilishida O‘zbekistonda ilk marta nemis texnologiyalari asosida yig‘ilgan modulli yig‘iluvchan opalubkalardan foydalanilmoqda. Uning qo‘llanilishi turli hajm va shakldagi beton ustunlarining “pishish” jarayonini tezlashtiradi va yengillashtiradi.

Bu yordamchi konstruksiya foydalanish uchun qulay va mustahkam, uning o‘zgarmas geometrik o‘lchamidan 400 martagacha foydalanish mumkin. Masalan, oddiy yog‘och opalubkadan 10 marta foydalaniladi, unda vaqt o‘tishi bilan beton taxtachalarni yemirib yuboradi hamda ularni almashtirishga to‘g‘ri keladi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, obyektdagi barcha ishlar to‘xtovsiz olib borilmoqda. Bir daqiqani ham bekorga yo‘qotish kerak emas. Ayrim Lotlardagi obyektlarni foydalanishga topshirilishi 2019-yilda yakunlanadi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют