» » O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida darsliklar ijarasi o‘rtacha 15 foizga qimmatlashdi

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida darsliklar ijarasi o‘rtacha 15 foizga qimmatlashdi


O‘zbekiston umumta’lim maktablari darsliklar to‘plami uchun 2018—2019-o‘quv yilidagi ijara narxi tasdiqlandi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi o‘quv yilida darsliklar uchun to‘lanadigan ijara narxi o‘tgan yil bilan solishtirganda o‘rtacha 15 foizga oshdi.(10—11-sinflarga mo‘ljallangan darsliklarni hisobga olmaganda).

Barcha ta’lim tillaridagi (o‘zbek, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, qoraqalpoq tili) 2-sinf o‘quvchilari uchun darsliklar ijarasi narxi o‘rtacha hisobda 67 foizga qimmatlashdi hamda 16,1 ming so‘mdan 26,9 ming so‘mgacha oshdi.

“Gazeta.uz”ning keltirishicha, o‘tgan yili 2-sinf o‘zbek guruhi uchun ijara narxi 8500 so‘mni, rus guruhi uchun 9500 so‘m, qoraqalpoq guruhi uchun 14900, qozoq guruhi uchun 20700, tojik guruhi uchun 21500, turkman guruhi uchun 19000, qirg‘iz guruhi uchun 19000 so‘mni tashkil etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют