» » Moskvada Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkazilmoqda

Moskvada Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkazilmoqda


5-sentabr kuni Moskva shahridagi VDNX’da XXXI Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 40 dan ortiq davlatlarning nashriyot va bosmaxonalari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.

Ko‘rgazma-yarmarkasida O‘zbekiston Respublikasidan Matbuot va axborot agentligi hamda yirik nashriyot-matbaa korxona vakillari ham qatnashdi.

Shu kunning o‘zida barcha korxonalarimiz xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirdi jumladan, “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Rossiyaning “Olma” nashriyot markazi hamda Yelena Shubina tahririyati bilan, shuningdek Xitoyning “BIBF” nashriyot korporatsiyasi bilan ularda nashr etilgan xorij adabiyotlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib nashr etish hamda milliy adabiyotlarni ularda tarjima qilib chet tilida nashr etish yuzasidan muloqot olib bordi.

Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Rossiyaning “Binom” hamda “Russkoye slovo” nashriyotlari bilan bolalar uchun mo‘ljallangan rus tilidagi sinfdan tashqari o‘qitiladigan adabiyotlarning original-maketlarini sotib olish bo‘yicha muzokara olib bordi.

Shu kunning o‘zida ko‘rgazma-yarmarkasi tashkiliy qo‘mitasi tomonidan “Yil kitobi” konkursi o‘tkazildi. Mazkur konkurs bu yil yigirmanchi marta o‘tkazilib, unda 120 ta nashriyotning 500 nomdan ziyod kitoblari tanlovga qo‘yildi. Konkursda 11 nomdagi nominatsiyalar bo‘yicha asar mualliflari va uni nashr etgan nashriyotlar g‘olib deb topildi.

Asosiy nominatsiya bo‘lmish “Yil kitobi” nominatsiyasida “Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya” nashriyotida tayyorlangan 35 tomli “Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya” nomli kitobi g‘olib deb topildi va bosh sovrin — “Gran pri”ni qo‘lga kiritdi.

Ko‘rgazma-yarmarka 9-sentabrga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют