» » AQShda Dodge Charger Hellcat sedani zirhli avtomobilga aylantirildi

AQShda Dodge Charger Hellcat sedani zirhli avtomobilga aylantirildi


Amerikaning Armormax firmasi Dodge Charger Hellcat sedanining o‘q o‘tkazmaydigan ko‘rinishini yaratdi. Avtomobilni B7 toifasiga asosan himoyalash mumkin. Mashina 7,62 kalibrli quroldan otilgan o‘qni va granata portlashini o‘tkazmaydi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Avtomobilga zirhli oyna, Run Flat shinalari, yaltirovchi mayoqlar, shuningdek, yoqilg‘i bakining, elektron boshqaruv blokining, radiator, akkumulyator va dvigatelning qo‘shimcha himoyasi o‘rnatilgan. Mashina uchun qo‘shimcha ravishda tashqaridan havo kirishini to‘liq yopuvchi gaz hujumidan himoya tizimini buyurtma qilish mumkin.

Avtomobil avvalgi dvigatelini saqlab qolgan. U 6,2 litr sig‘imli sakkiz silindrli bo‘lib, 717 ot kuchiga ega. Yagona o‘zgartirish mashinaning to‘liq uzatmali bo‘lgani hisoblanadi.

Dodge Charger Hellcat’ning orqa uzatmali oddiy talqini 100 km/soat tezlikka 3,7 soniyada erishadi. Eng yuqori tezligi soatiga 328 kilometrni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют