» » Omskda taksi haydovchisi yo‘l haqi to‘lamagan mijozni yukxonaga qamab, yuziga “zelyonka” surtishga majbur qildi

Omskda taksi haydovchisi yo‘l haqi to‘lamagan mijozni yukxonaga qamab, yuziga “zelyonka” surtishga majbur qildi


Omsk shahrida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchini mashina yukxonasiga qamab, yuziga yashil tibbiy suyuqlik — “zelyonka” surtishga majbur qilgan 22 yoshli taksi haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘aldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Omsk viloyat boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jinoiy ish “Noqonuniy ozodlikdan mahrum etish” moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atildi.

Hodisa 12-fevral kuni ro‘y berdi. Taksining ikki yo‘lovchisi yo‘l haqi uchun 950 rubl to‘lamay, qochib qolishga harakat qildi. Tergov taxminiga ko‘ra, haydovchi qochoqlardan birini tutib olib, uni kuch bilan avtomobili yukxonasiga joylashtirdi. Keyin yo‘lovchini yuziga yashil suyuqlik surtishga majbur qildi va jarayonni videoga oldi.

Shundan so‘ng jabrdiyda qo‘yib yuborildi va u tibbiy muassasaga murojaat etdi. Taksi haydovchisidan shaharni tark etmaslik haqida tilxat olindi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют