» » O‘zbekiston turistik salohiyati Indoneziyada namoyish etildi

O‘zbekiston turistik salohiyati Indoneziyada namoyish etildi


Bugun, 7-sentabr kuni Indoneziyaning poytaxti Jakartada Kompas Travel Fair – 2018 xalqaro turistik ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ibot qiladigan stend bilan ishtirok etish elchixona tashabbusi bilan amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekistonning Jakartadagi elchixonasi xabar bermoqda.

Tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi “Ziyorat turizmga” qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Indoneziya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgani, hamda Toshkent—Jidda yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgani ko‘rgazma qatnashchilarini juda quvontirdi.

Ko‘rgazma tashkilot qo‘mitasining rahbari Diana Eka Puspita Indoneziya sayohatchilari orasida O‘zbekistonga qiziqish tobora ortib borayotgani to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, O‘zbekistonning o‘z stendi bilan qatnashishi, indoneziyaliklarda O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlarini kengaytirishga, bu esa o‘z o‘rnida turistik oqimni ko‘payishiga olib keladi.

Kompas Travel Fair xalqaro turistik ko‘rgazmasi 2012-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va Indoneziyadagi eng yirik ko‘rgazmalardan hisoblanadi. Joriy yili tadbir 7—9-sentabr kunlari davom etib, unda 10 ta aviakompaniya, 71 ta turistik tashkilot ishtirok etmoqda va 44 mingdan ziyod mehmon tashrifi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют